+998 (66) 221 72 62 samkoica@umail.uz Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

2019 yilning 25 Fevral kuni MOU (O’zaro anglashuv Memorandumi) imzolash marosimi bo’lib o’tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosobatlari  vazirligi, KOICA (Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi), Keimyung Kollej Universiteti va Samarqand kasb-hunarga o‘qitish markazi hamkorlikda 2019-2022 yillarda “KOICA  PUBLIC-PRIVATE PARTNERSHIP PROJECT”  Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazining ta’lim salohiyatini mustahkamlash orqali Samarqand viloyatida ishchilarni malakasini oshirish va ishga joylashtirishni kuchaytirish” loyihasi imzolandi.

Ushbu loyiha doirasida Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazida “Mashinasozlik texnologiyasi (SNS), Kompyuter dizayneri yo’nalishlari  va Samarqand Startap Inkubator markazi” tashkil etilmoqda.

Shu munosobat bilan O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosobatlari  vazirining o’rinbosari Umurzakov Baxodir Xamidovich, Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) ning Toshkentdagi ofisi direktori Son Song Il va  Keimyung Kollej universiteti sanoat bilan hamkorlik akademiyasi direktori Kim Yonkab O’zaro anglashuv Memorandumini imzolashdi.

 

Trackback from your site.

Leave a comment