+998 (66) 221 72 62 samkoica@umail.uz Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

Archive for Mart, 2018

Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazida «Navruz»ga bag’ishlangan bayram tadbiri bo’lib o’tdi. Bayram tadbirida o’quvchilar o’rtasida Kurash va Tosh ko’tarish bo’yicha musobaqa tashkil etildi. Musobaqalarda yuqori o’rinlarni olgan o’quvchilar maxsus sovg’alar bilan taqdirlandi. Bayramning ikkinchi qismi faollar zalida davom etdi, unda markaz o’quvchilari tomonidan sahnalashtirilgan badiiy chiqishlar tamoshabinlarga taqdim qilindi. O’quvchilarning badiiy chiqishlari tamoshabinlarga manzur bo’ldi. Navruz bayrami markazda ko’tarinki ruhda  kutib olindi.

Samarqand kasb-hunarga o’qitish markazida 18-19 mart kunlari umum xalq xayriya hashari bo’lib o’tdi. Hasharda markaz o’quvchilar va ishchi xodimlar faol qatnashdi. Ikki kunlik hasharda markaz ichki qismi, atroflari tozalandi va obodonlashtirildi. Markaz hovlisiga turli xildagi 100 dan ortiq mevali, 400 dan zirod gullar va terak daraxtlari ekildi. Markaz ma’muriyati umumxalq xayriya hasharida qatnashgan barcha o’quvchilar va ishchi xodimlarga minnatdorchilik bildiradi.