+998 (66) 221 72 62 samkoica@umail.uz Samarqand sh. Spitamen ko'chasi 264a

Koreys tili va ma’daniyati kuni

Tadbirda Janubiy Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA) ning Toshkentdagi ofisi direktori Im Jong xonim, Koreya Texnologiyalar va Ta’lim Universiteti professori Jang Jong De, Koreyadan kelib Samarqanddagi o’quv yurtlarida faoliyat ko’rsatayotgan volontyor o’qituvchilar , O’zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat Munosabatlari Vazirligi mas’ul xodimlari, Samarqand viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig’i A.I.Usmonov, Samarqand shahar hokimi o’rinbosari B.Raxmatullayev, korxona, tashkilotlardan tashrif buyurgan mehmonlar va markazning birinchi bitiruvchi talabalari qatnashdilar. Tadbirning birinchi qismida kasb-hunarga o’qitish markazi o’quvchilarinig bitiruv ishlarining ko’rgazmasi tashkil etildi. Bitiruv ko’rgazmasida markazning 4 ta (avtomabillarga texnik xizmat ko’rsatish, elektronika va asbobsozlik, payvandlash va chilangarlik, axborot texnologiyalari) yo’nalishidan o’quvchilarning ko’rgazmaviy ishlaridan na’munalar ko’rsatildi.   Ko’rgazmada qo’yidagi ishlar ko’rgazmaga qo’yildi. Jumladan: Raqamli dasturda boshqaruv uskunasi, Har xil turdagi seyflar, Aqlli uy maketi namunasi, Chorraha va svetofor loyihasi, GES- maketi namunasi, Masofadan boshqarilovchi robot, Video montajlar namunasi va Avtomobilning maket namunasi. Shundan so’ng mehmonlarga koreys milliy o’yinlari TAKJI, TUXO, YuNNORI, PENGChIGE va LANKA dan namunalar ko’rsatildi. Koreys milliy o’yinlarini mahalliy o’qituvchilar  va o’quvchilar juda mohirlik bilan o’ynab ko’rsatishdi. Barcha mehmonlar markaz oshxonasiga taklif etildi va u yerda koreyalik o’qituvchilar bilan  til markazi o’quvchilari birgalikda tayyorlagan koreys milliy taomlari (Kimpap, Kimchi, Tokpukki, Ramiyon) mehmonlarga tortiq etildi. Koreys milliy taomlari ko’rgazmasidan so’ng, mehmonlar bosh binoning ikkinchi qavatida joylashgan “Koreys madaniyati markazi” ning ochilish marosimida ishtirok etishdi. “Koreys ma’daniyati markazi” ning ochilishi mehmonlarga juda katta taassurot uyg’otdi. Markazda talabalar uchun  koreys tili va madaniyati bilan yaqinroq tanishish uchun hamma sharoitlar yaratilgan. Tadbirning keyingi  qismi markazning majlislar zalida bo’lib o’tdi. Tadbirni ochib berish uchun so’z navbati markaz direktori prof. I.T. Ergashevga berildi. Markaz direktori markazning tashkil topishi va rivojlanib borishiga  o’zlarinig beminnat xizmatlari ayamay kelayotgan O’zbekiston Respublikasi Bandlik va Mehnat munosabatlari Vazirligi va Janubiy Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi (KOICA)ga o’z minnatdorligini bildirdi va markaz ochilgandan so’ng 10 oy ichida qilingan ishlar, erishilgan yutuqlar to’g’risida qisqacha hisobat ma’ruzasini qildi. Shundan so’ng mehmonlar va hamkor tashkilotlardan tashrif buyurgan vakillar tomonidan markazning ilk bitiruvchilarini diplomlar va ishga joylashganligi to’g’risidagi sertifikatlarni tantanali topshirish  marosimi bo’lib o’tdi. Tadbirning badiiy qismida markaz talabalari va til markazi o’quvchilari tomonidan tayyorlangan koreys va o’zbek milliy raqslari, kuy va qo’shiqlari mehmonlarga taqdim etildi. Tadbir so’ngida barcha ishtirokchilar bilan jamoviy sur’atga tushildi.

Trackback from your site.

Leave a comment